ⓘ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargona filiali. TATU Fargona filiali, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ – 91-son ..

                                     

ⓘ Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargona filiali

TATU Fargona filiali, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ – 91-son" Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish togrisida”gi qarori, Ozbekiston Respublikasi Oliy va Orta maxsus talim vazirligining 2005-yil 14-iyun 130-son" Oliy ta’lim muassasalari filiallari togrisidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash togrisida”gi buyrugi hamda Ozbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 21-iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005-yil 23-iyuldan Fargona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filialda jami 85 ta professor oqituvchi faoliyat korsatib, shundan 22 nafari fan nomzodi, 63 nafari ilmiy daraja va unvonga ega bolmagan pedagoglar faoliyat korsatadilar. Oqituvchilar safida kafedra professorlari: dotsentlar D. Halilov, N. Usmonov va boshqalarning nomlarini alohida hurmatga sazovor.

                                     

1. Fakultetlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali quyidagi yonalishlar boyicha bakalavrlar tayyorlaydi:

  • AKT sohasida kasb talimi
  • Dasturiy injenering
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari
  • Kompyuter injeneringi
  • Axborot xavfsizligi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargona filiali quyidagi mutaxassisliklar boyicha magistrlar tayyorlaydi:

  • Kompyuter injiniringi" Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”
  • Kasb talimi axborot va multimedia texnologiyalari boyicha