ⓘ Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargona filiali - Ozbekistonda joylashgan yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oquv yurti. Ozbekiston Re ..

                                     

ⓘ Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargona filiali

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargona filiali - Ozbekistonda joylashgan yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oquv yurti. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-iyundagi 239-qarori bilan Fargona shahrida Fargona Davlat Universiteti" Tibbiyot markazi” negizida tashkil etilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargona filiali Farg’ona vodiysi va Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgor talim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, bolgusi mutaxassislarning talimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas boglab olib borilishini taminlash maqsadida tuzilgan.

Filialda 7 ta ta’lim yonalishlari, 2 ta davolash, tibbiy-profilaktika fakulteti, 11 kafedra, Fargona viloyat kop tarmoqli tibbiyot markazi va RShTYoIM Fargona filialida joylashgan klinika, axborot resurs markazi 12 mingdan ziyod ilmiy va badiiy kirob fondi. Hozirda 600 ga yaqin talaba, shuningdek, klinik ordinatura yonalishida 8 mutaxassislik boyicha 25 nafar rezident talim oladi. Filialda 160 dan ortiq professor-oqtuvchilar, shulardan 10 nafari fan doktori, professor, 40 nafaridan koproq fan nomzodi va dotsentlar faoliyat korsatadi.

                                     

1. Oquv jarayonlari

Talim maskanida darslar ananaviy tazrda otkaziladi, talabalarning tibbiyot sohasini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Oquv jarayonini tashkil qilishda 120 dan ortiq zamonaviy kompyuterdan foydalaniladi. Bundan tashqari smart interaktiv auditoriya, kompyuter va videoproektorlar bilan ta’minlangan 15 ta ma’ruza zallari, fanlar boyicha 12 ta, shu jumladan mutaxassislik fanlaridan 8 ta oquv laboratoriyalari tashkil qilinib, 60 ga yaqin turli zamonaviy apparatlar va maxsus laboratoriya anjomlari bilan jihozlangan. Darslar ozbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.