ⓘ Hikmatilla Ubaydullayev Ozbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakulteti va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining yuq ..

                                     

ⓘ Hikmatilla Ubaydullayev

Hikmatilla Ubaydullayev Ozbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakulteti va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining yuqori jurnalistika kurslarini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini BMTning Ozbekistondagi Axborot markazida boshlagan. Shuningdek, "Ozbegim Taronasi" radiosida muxbir, Milliy TV nodavlat musiqiy va kongilochar telekanalida muharrir lavozimlarida ishlagan.

2018-yil aprel - Ozbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining Media manbalarini monitoring qilish hamda takomillashtirish guruhining yetakchi mutaxassisi.

2018-yil iyul - Ozbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar, jamoatchilik bilan aloqalar va davlat boshqaruvi bilan aloqalar boyicha yetakchi mutaxassisi.

2018-yil dekabr - Cholpon nomidagi Nashriyot-matbaa ijodiy uyining matbuot kotibi.

2019-yil fevral oyidan boshlab Ubaydullayev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbari.