ⓘ Vladimir Arnold - rossiyalik matematik. Arnold topologiya, differensial tenglamalar nazariyasi, nazariy mexanika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Arnold XX ..

                                     

ⓘ Vladimir Arnold

Vladimir Arnold - rossiyalik matematik. Arnold topologiya, differensial tenglamalar nazariyasi, nazariy mexanika sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. Arnold XX asrning eng buyuk matematiklaridan biri hisoblanadi. SSSR fanlar akademiyasi akademigi, AQSh Milliy fanlar akademiyasi xorijiy azosi, Fransiya fanlar akademiyasi, London qirollik jamiyati, Dei Lincei milliy akademiyasi, Amerika falsafiy jamiyati azosi bolgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Arnold Moskva shahridagi 59-maktabda oqigan. 1959-yil Moskva davlat universitetining mexanika va matematika fakultetini tamomlagan. 1961-yilda SSSR fanlar akademiyasining amaliy matematika institutida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1963-yil esa fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Olim 1959–1986-yillarda Moskva davlat universitetida 1965-yildan professor olaroq ishlagan. Umrining oxirigacha Moskvadagi V. A. Steklov nomidagi Rossiya matematika institutida hamda Parisdagi Paris Dauphine universitetida ishlagan.

Arnold osmirligida Hilbertning 13-masalasini yechgan. Hozir bu Kolmogorov–Arnold ifodalash teoremasi olaroq malum. Arnold simplektik topologiya alohida soha olaroq shakllanishiga hissa qoshgan. Olim, shuningdek, Arnold gipotezasi bilan tanilgan. 2006-yilda Arnold ilmiy maqolalarda asarlari eng kop manba sifatida korsatilgan rus olimi, deb topildi.