ⓘ Belarus Respublikasi Prezidenti Belarus davlatining rahbari. Lavozim 1994-yilda Oliy Sovet tomonidan Belarus Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan tashkil e ..

                                     

ⓘ Belarus Respublikasi Prezidenti

Belarus Respublikasi Prezidenti Belarus davlatining rahbari. Lavozim 1994-yilda Oliy Sovet tomonidan Belarus Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan tashkil etilgan. Bu davlat rahbari sifatida Oliy Kengash raisi lavozimini almashtirdi. Prezidentning vazifalariga tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, fuqarolar va aholining huquqlari va umumiy farovonligini himoya qilish, Konstitutsiya qoidalarini himoya qilish kiradi. Prezidentga Konstitutsiya tomonidan mamlakatning ijtimoiy ishlarida rahbarlik qilish va uning chet elda asosiy vakili sifatida chiqish vazifasi yuklatilgan. Prezidentlik bilan bogliq vazifalar, majburiyatlar va boshqa qoidalar Konstitutsiyaning uchinchi bobida, 79 dan 89 gacha moddalarida keltirilgan.

Prezidentning vakolat muddati - besh yil, lekin 1996-yilda otkazilgan referendum tufayli 1999-yilda bolib otishi kerak bolgan saylov 2001-yilga kochirildi. 1994-yilgi konstitutsiyaga binoan amaldagi prezident faqat ikki muddat prezidentlikka saylanishi mumkin edi, ammo keyinroq konstitutsiya ozgargani sababli muddat cheklovlari olib tashlandi. 1994, 2001, 2006, 2010, 2015 va 2020-yillarda saylovlar bolib otdi. Aleksandr Lukashenko 1994-yilgi saylovlardan beri prezident bolib ishlagan yagona shaxs. Prezident ofisi Minskdagi Respublikasi saroyida, Prezident rezidensiyasi esa Minsk tumanidagi Zaslavye Заслаўе, shahrida.

                                     

1. Tarixiy malumot

Belarus birinchi marta 1918-yil Belarus Demokratik Respublikasi deb elon qilindi. Uning davlat rahbari prezident, muvaqqat oliy boshqaruv organi Belarus Demokratik Respublikasi Radasi edi. 1919-yilda sovetlarning Qizil Armiyasi Belarus Demokratik Respublikasining Radasi azolarini surgunga qildi. Sovet hukumati davrida Belarus SSRning Kommunistik partiyasi Birinchi kotibi davlat rahbari hisoblanardi. Kommunistik partiya esa BSSRning yagona partiyasi edi.

Belarus Respublikasi 1991-yil Sovet Ittifoqidan mustaqil olaroq tashkil topgan. 1994-yilgi Konstitutsiya qabul qilinganiga qadar Oliy Kengash raisi davlat rahbari hisoblangan va Bosh vazir hukumat boshligi sifatida faoliyat yuritgan. Prezident devoni tashkil etilgach, davlat boshqaruvida bosh vazirning roli kamaytirilgan, 1996-yilda Oliy Kengash tarqatilib, uning raisi lavozimi tugatilgan.

Prezidentlik lavozimiga otkazilgan dastlabki saylovlarda Belarus Bosh vaziri Vyacheslav Kebich ikkinchi davra saylovida Aleksandr Lukashenkoga maglubiyatga uchradi, natijada Lukashenko birinchi prezident boldi. 2001 va 2006-yilgi saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar, ishtirok etdi. Garb kuzatuvi tufayli ichki muxolifat partiyalar ham saylovlarda qatnashdi, amaldagi prezident birinchi davra davomida boshqa nomzodlardan ozib ketdi.

                                     

2. Konstitutsiyaviy maqom

Belarus Konstitutsiyasining 79-moddasi Belarus Respublikasi Prezidentiga davlat rahbari maqomini beradi. U shuningdek, Belarus fuqaroligi yoki Belartusda yashash huquqini olishni istaganlarning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari vasiysi hisoblanadi. Prezident Belarus davlatining tashqi yoki ichki ishlarni amalga oshirishda davlat markazlashganligi timsolidir va boshqa davlatlar yoki xalqaro tashkilotlar bilan ish olib borishda asosiy vakildir. Prezidentga mamlakat xavfsizligi, gullab-yashnashi va barqarorligi ham ishonib topshirilgan va hukumat idoralari ortasida vositachi vazifasini bajaradi.

                                     

3.1. Saylov jarayoni Muvofiqlik

Prezidentlik lavozimiga nomzodlik korsatish uchun shaxs 35 yoshdan oshgan Belarus respublikasi fuqarosi bolishi shart. Shuningdek u Belarus respublikasida kamida 10 yil yashagan bolishi va ovoz berish layoqatiga ega bolishi kerak. Ushbu qoidalar Konstitutsiyaning 80-moddasida belgilangan.

                                     

3.2. Saylov jarayoni Nomzodlik va saylov

Prezident saylovlari har besh yilda bir marta umumxalq ovoz berish yoli bilan otkaziladi. Prezidentlikka nomzod sifatida royxatga olinish uchun avval kamida 100 kishidan iborat tashabbuskor guruhga ega bolish kerak. Tashabbuskor guruh saylovdan 85 kun oldin Markaziy saylov komissiyasida royxatdan otgan bolishi kerak. Muvaffaqiyatli royxatdan otgan taqdirda, korsatilgan nomzodga kamida 100000 kishi ishonch bildirib imzo qoyishi kerak. Agar Markaziy saylov komissiyasi ushbu shartlar bajarilgan deb topsa, shaxs rasman prezidentlikka nomzod bolishi mumkin.

Ovoz berishda yashirin byulletenlar togridan-togri saylovchilardan olinadi. Saylovda royxatdan otgan aholining 50 % dan ortigi qatnashgan taqdirda saylov amalga oshgan deb hisoblanadi. Ovoz berishning birinchi bosqichida, nomzod umumiy ovozlar sonining ellik foizdan ortigini qolga kiritsa, u saylangan Prezident deb elon qilinadi. Agar birinchi turda hech kim ellik foizga erishmagan bolsa, unda eng kop ovoz toplagan ikki nomzod ortasida ikkinchi tur saylov bolib otadi. Saylovda eng kop ovoz toplagan shaxs saylangan prezident deb elon qilinadi.

Agar prezidentlik lavozimi vakant bolsa, yangi prezident saylovi vakansiya paydo bolganidan keyin ottiz kundan yetmish kungacha otishi kerak. Oddiy saylov davrlarida, saylovlar amaldagi prezidentning muddati tugashidan ikki oy oldin bolib otishi kerak. Ikkala holatda ham, saylovlar otkazishni talab qiladigan hukumat organi Vakillar palatasidir. Belarusda songgi prezident saylovlari 2020-yil 9-avgustda bolib otdi.



                                     

4. Vakolat va majburiyatlar

Konstitutsiyaning 84 va 85-moddalarida prezidentga siyosiy, ijtimoiy va milliy mudofaa majburiyatlar yuklatilgan. Yuqorida sanab otilgan vakolat va majburiyatlardan tashqari, 30-modda prezidentga milliy qonunchilikda yoki Konstitutsiyaning boshqa bolimlarida berilgan boshqa vakolatlardan foydalanishga ham imkon beradi.

Prezident vakolatlarining bir qismi milliy referendumlarni chaqirish, Vakillar Palatasiga, Respublika Kengashiga va mahalliy vakillik organlariga navbatdagi va navbatdan tashqari saylovlarni chaqirish huquqidir. U, shuningdek, Konstitutsiyaga muvofiq parlament palatalarini tarqatib yuborishi mumkin. Vakillar palatasining roziligi bilan Belarus Respublikasining bosh vazirini tayinlash uning huquqi va Belarus Respublikasi hukumatining tuzilishini u hal qiladi. Prezident qonun loyihalarini imzolaydi, u Vakillar Palatasiga etiroz bildirishi, qonun loyihasini toliq bekor qilish yoki qisman ozgartirish huquqiga ega. U, shuningdek, Bosh vazirning orinbosarlarini, vazirlarni va hukumatning boshqa azolarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi. Respublika Kengashining roziligi bilan prezident Oliy sud raisini tayinlaydi va ushbu raisni va boshqa sudyalarni ishdan boshatishi mumkin. Prezident har yili Parlamentga murojaat yollaydi va u parlament va uning organlarining majlislarida qatnashish huquqiga ega. Ish tashlash paytida noroziliklar prezident, qonunga muvofiq, ish tashlashni uch oydan oshmagan muddatga kechiktirish yoki toxtatish huquqiga ega. Xalqaro muzokaralar olib borish va xalqaro shartnomalarni imzolash, respublika diplomatik vakillarini tayinlash va chaqirib olish Prezidentning zimmasidadir.

Prezident nafaqat hukumat boshligi, balki Belarusning ijtimoiy yolboshchisidir. Prezident yiliga bir necha marta fuqarolarga murojaat qiladi va dam olish kunlarini, milliy bayramlarni belgilash togrisida farmonlar chiqarishi mumkin. Prezident Belarus fuqarosiga imtiyoz berishi va faxriy shaxslarga davlat mukofotlarini orden, medallar taqdim etishi mumkin. Prezident shuningdek, boshpana sorovchilarga fuqarolik maqomini berish va qamoqdagi fuqarolarni avf etish imkoniyatiga ega.

Belarus qurolli kuchlarining oliy bosh qomondoni sifatida prezident Belarus hududini ichki va tashqi kuchlardan himoya qilish majburiyatini oladi.

                                     

5. Xizmat qasamyodi

Har qanday shaxs oz lavozimiga rasman kirishidan oldin, saylov natijalari aniqlangandan keyin ikki oy ichida qasamyod qilishi kerak.

Inauguratsiya marosimida Milliy Majlisning ikkala palatasi azolari, hukumat vazirlari, mansabdor shaxslar va Konstitutsiyaviy, Oliy va Iqtisodiy sud sudyalari ishtirok etishlari kerak. Qasamyod oqib bolingandan song, avvalgi prezidentning barcha vakolatlari saylangan prezidentga otadi. Qasamyod matni Konstitutsiyaning 83-moddasida keltirilgan.



                                     

6. Lavozimdan chetlashish

Konstitutsiyaning 87-89-moddalarida prezidentlik vakolatlarini saylov sikllari orasida boshqa kishiga otkazish tartiblari yozilgan. Prezident 87-moddaga binoan istalgan vaqtda oz lavozimidan istefoga chiqish imkoniyatiga ega. Istefo xati Vakillar palatasiga yuboriladi va ular tomonidan qabul qilinadi. Agar prezidentning jismoniy yoki ruhiy salomatligiga 88-moddaga muvofiq zarar yetgan bolsa, u lavozimidan chetlatilishi mumkin. Bu amalga oshishi uchun Vakillar Palatasi va Respublika Kengashida prezidentni lavozimidan chetlashtirish togrisidagi qaror boyicha uchdan ikki qism ovoz berishi kerak. Maxsus komissiya tuziladi va lavozimdan chetlatish togrisidagi har qanday harakat boshlanishidan oldin prezidentning sogligi haqida yagona qarorga kelinadi. Agar prezident davlatga xoinlik kabi ogir jinoyat qilgan bolsa, uni lavozimdan chetlatish uchun palataning uchdan bir qismi rasmiy ravishda prezidentga qarshi ayblovlar qoyishi kerak. Ayblovlar boyicha tergov Respublika Kengashi tomonidan olib boriladi. Prezidentni lavozimidan chetlashtirish uchun, palataning uchdan ikki qismi unga qarshi ayblovlar keltirishlari zarur. Jinoyat ishi keyinchalik korib chiqish uchun Oliy sudga yuboriladi.



                                     

7. Imtiyozlar

Konstitutsiyaning 79-moddasiga binoan prezident hibsga olinishdan himoyalangan, ushbu hujjatning 88-moddasida korsatilgan davlatga xiyonat/ogir jinoyatlar bundan mustasnodir. Shuningdek, 79-moddaga binoan prezidentning shani va qadr-qimmati qonunlar bilan himoya qilinadi. OAV orqali prezidentni haqorat qilisg yoki unga qarshi tuhmat qilish "Matbuot togrisida" gi qonunning 5-moddasiga binoan qonuniy taqib ostiga olinadi. Prezident qarorgohi beloruscha: Рэзідэнцыя Прэзідэнта, ruscha: Резиденция президента Minskdagi Oktyabr maydonida joylashgan Marks, Engels, Kirov va Komsomol kochalari tutashgan joyda Stalinizm davri uslubida qurilgan bino. Amerikadagi Oq uy singari, rasmiy qarorgohga yaqin bolgan kochalar transport vositalari uchun yopiq va politsiya tomonidan qoriqlanadi. Bu binodan 1994-yildan beri foydalanib kelinmoqda, bu binoda ilgari Belorusiya SSR Kommunistik partiyasining Markaziy qomitasi joylashgan edi.

                                     

8. Belgilar

Rasmiy ravishda, prezidentning mavjudligini tasdiqlovchi yagona belgi Belarus prezidentining bayrogidir Штандар Прэзідэнта Рэспублікі Беларусь. 1997-yil 27-martdan beri ishlatib kelinayotgan standart "Belarus Respublikasi Prezidentining standarti togrisida" gi qaror bilan qabul qilingan. U haqdagi qonunga prezident Lukashenko tomonidan imzo chekilgan.

Standartning dizayni milliy bayroqning aniq nusxasi bolib, sariq rangdagi Belarus milliy gerbi bilan toldirilgan. Standartning nisbati 5:6 bolib, u Davlat bayrogidan farq qiladi. Standart oltinrang ip bilan hoshiyalangan. Standartning bir nechta nusxalari mavjud; asl nusxasi Prezident devonida saqlanmoqda, boshqa nusxalari esa uning mavjudligini bildirish uchun binolar, turar joylar va transport vositalarida qollaniladi.

                                     

9. Songgi saylov

2020-yil 9-avgustda Belarusda Prezident saylovlari bolib otdi. Rasmiy malumotlarga kora amaldagi prezident 80.08 % ovoz olgan holda oz lavozimida qoldi. Lekin koplab xalq vakillari, muxolifat, Yevropa Ittifoqi va mustaqil kuzatuvchi tashkilotlar saylov natijalarini ozgartirilgan deb hisoblashdi. Minsk va boshqa shaharlarda xalq vakillari Prezident Lukashenko saylovning haqiqiy natijalarini elon qilishini va prezidentlikdan ketishini talab qilib kochalarda norozilik namoyishlari uyushtirishdi, xalq vakillariga qarshi Belarus kuchishlatar tizimlari turli jarohat yetkazuvchi usullardan foydalanishdi, norasmiy manbalarga kora, xalqqa qarshi qilingan harakatlar oqibatida bir necha kishi vafot etdi, koplab fuqarolar turli tan jarohatlari olishdi.

                                     

10. Shuningdek qarang

  • Davlat boshqaruvi akademiyasi
  • Belarus hukmdorlari royxati
  • Belorus Prezidentiga apparat rahbari
  • Belarus milliy rahbarlari royxati
  • Belarus Prezidenti mamuriyati