ⓘ Ibrahim Boubacar Keïta - Mali davlat arbobi va siyosatchisi, Mali Bosh vaziri, Mali Milliy Assambleyasi raisi, Mali prezidenti. ..

                                     

ⓘ Ibrahim Boubacar Keïta

Ibrahim Boubacar Keïta - Mali davlat arbobi va siyosatchisi, Mali Bosh vaziri, Mali Milliy Assambleyasi raisi, Mali prezidenti.

                                     

1. Tarjimai holi

Ibrahim Boubacar Keïta 1945-yil 29-yanvarda Fransiya Sudanida hozirgi Mali tugilgan. Parijdagi litseyni tamomlagach, Bamakoda oqigan, songra Senegal poytaxti Dakarda, keyin esa Parijda tahsil oldi. U siyosatshunoslik va tarix professori hisoblanadi.

Dastlab, u Malida rivojlanish jamgarmasida EEC ishlagan. Mali, Niger va Burkina-Fasoda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilingan.

1990-yilda u ADEMA-PASJ mahalliy sotsialistik partiyasining azosi boldi Malidagi Demokratiya uchun Alyans - Ozodlik, birdamlik va adolat uchun Pan-Afrika partiyasi va prezidentlikka nomzod Alfa Umar Konarening saylovoldi shtabini boshqardi. Konare prezident etib saylangach, kop otmay 1994-yilda Keïtani hukumat boshligi etib tayinlaydi. Osha yili Keïta partiyaning rahbari boladi va 1999-yilgacha bu lavozimni egalladi. Shu-yilning 15 fevralda Malida Bosh vazir almashtirildi. Keyingi-yili Ibrahim Boubacar Keïta Mali Sotsialistik partiyasidan chiqib ketadi. U yangi bir partiya - Mali uchun Birlashma tashkil qiladi va unga rahbarlik qiladi.

2002-yil 16-sentabrda Keïta Mali parlamenti spikeri etib saylanadi. U ushbu lavozimda deyarli besh-yil davomida 2007-yil 3-sentabrgacha ishlagan.

                                     
  • tarqalgan familiya. Keita - Mali imperiyasi hukmdorlari sulolasi. Ibrahim Boubacar Keïta - Mali prezidenti 2013 - yil 4 - sentabrdan 2020 - yil 19 - avgustgacha
  •   Prezident Ibrahim Boubacar Keïta Bosh Vazir Modibo Keita