ⓘ Agdam masjidi – Ozarbayjonning Agdam tumanida joylashgan masjid. Bu masjid togli Qorabog urushida vayron bolmagan hududning oz sonli binolardan biri hisoblanadi ..

                                     

ⓘ Agdam masjidi

Agdam masjidi – Ozarbayjonning Agdam tumanida joylashgan masjid. Bu masjid togli Qorabog urushida vayron bolmagan hududning oz sonli binolardan biri hisoblanadi. Masjidning maktab yonalishi boyicha shiadir.

                                     

1. Tarixi

Masjid 1868-1870-yillarda memor Karbaloyi Sefixon Sultonhusayn ogli Qorabogiy tomonidan qurilgan. Masjid Qorabog mintaqasidagi masjidlar uchun odatiy uslubda qurilgan. Ushbu uslubdagi boshqa masjidlar qatoriga Barda masjidi, Shushadagi Yuxari Govhar Oga masjidi, Fizuli shahridagi masjid va Goradiz qishlogidagi masjidlar kiradi. 1992-yil 29-fevralda Xojalining Qorabog-Arman qoshinlari tomonidan bosib olinishidan song, 200 ta jasad birinchi bolib ushbu masjidga joylashtirildi. Ammo, masjid rahbari Seyid Sodiqovning sozlariga kora, masjidda 477 jasad bolgan.

                                     

2. Arxitektura tuzilishi

Agdam Juma masjidining ibodat zalining rejasi ananaviy tortburchak shaklga asoslangan bolib, ortada tortta ustun mavjud. Maydonning har bir sharqiy va garbiy tomonidagi uch qator chuqur nish zalning maydonini kengaytirib, tortburchaklar shaklga ega bolgan. Namozxonaning janubiy devorining ortasiga baland mehrob toshi ornatilgan. Yon toshlar ichki tomonga qaragan balkon shaklida bolib, ayollar namozi uchun moljallangan. Namozxonani yon balkonlar ortasida va mehrob arki yonidagi derazalar yoritib turadi.

                                     

3. Ichki korinishi

Ibodat zalining ichki dizayni juda jiddiy va mukammal tektonik tuzilishning badiiy tasiri bilan etiborni tortadi. Oddiy bezakli mehrob toshidagi yozuvda dekorativning nomi usta Muhammad Naqqosh Tabriziy, marhum Karboloyi Naqqosh Tabriziyning ogli va tamirlangan sanasi hijriy 1331, milodiy 1913-yil yozilgan. Masjidning shimoliy tomonidagi kirish eshigi chuqur joyda ichida joylashgan bolib, ikki qavatli xonalar ochiq balkon yonida joylashgan. Shimoliy tomonning burchaklarida qurilgan minoralar masjidning nosimmetrik rejali tuzilishini yakunlab, unga kvadrat shaklini bergan. Masjid ozining klassik soddaligi, geometrik tozaligi bilan ajralib turadigan va funktsional talablarga toliq javob beradigan rejaga ega. Minoralarning nozik silindrsimonligi gorizontal ravoqlar bilan bolaklarga bolinib, har bir qismining yuzasi gishtdan ishlangan oddiy naqshlar bilan qoplangan.

                                     

4. Hozirgi holati

Agdamdagi binolar orasida masjid hanuzgacha mavjud bolgan kam sonli binolardan biridir. Ozarbayjon manbalariga kora, masjidning tomi va peshtoqi qulab tushgan, derazalari, eshiklari, ichki qoplamasi, hattoki marmar pol ham buzilgan.

2010-yil noyabr oyida Togli Qorabog hukumati masjid va uning atrofi tozalanganligini elon qildi. Shuningdek, ular Agdam masjidi hamda Shusha masjidlari yangilanganligini elon qilishdi.