ⓘ Ajdarbey masjidi - Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 1912-yilda qurilgan masjid. U Ittifoq masjidi nomi bilan ham tanilgan. Memori - Zivər bəy Əhmədbəyov. ..

                                     

ⓘ Ajdarbey masjidi

Ajdarbey masjidi - Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida 1912-yilda qurilgan masjid. U Ittifoq masjidi nomi bilan ham tanilgan. Memori - Zivər bəy Əhmədbəyov.

                                     

1. Tarixi

Otgan asrning boshlarida, taniqli xayriyachi Ajdarbey Ashurbeyov tomonidan 1912-1913-yillarda Bokuda qurilgan va foydalanishga topshirilgan masjid Ozarbayjonning eng obroli diniy ibodat markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu muqaddas ibodatxona dastlab Musulmonlar birligining ramzi sifatida Ittifoq masjidi deb nomlangan.

Boku musulmonlarining eng qadimiy va eng katta ibodat joylaridan biri bolgan bu masjid Hoji Ajdarbayning shaxsiy byudjeti hisobiga qurilgan. Osha paytda ziyoratgoh 400 kishiga siginish uchun moljallangan edi. Biroq, Sovet Ittifoqi qulaganidan song, ushbu masjidga tashrif buyuruvchilar soni ham sezilarli darajada oshdi va bu hududga odamlar kelishi ham kopayib, gavjumlashdi. Shu sababli Kavkaz musulmonlari idorasi masjidni rekonstruksiya qilishga va namozxonalar sonini kooaytirishga qaror qildi. Taxminlarga kora, rekonstruktsiya qilinganidan song, 2000 ga yaqin namozxon bu erda ibodat qilishi mumkin.

Boku markazida joylashgan va qadimiy va boy tarixga ega bolgan Ajdarbey masjidining oziga xos xususiyati shundaki, u xalq orasida Ajdarbey masjidi, Moviy masjid yoki Ittifoq masjidi nomi bilan ham tanilgan.

Masjid qurilishining tarixi juda qiziq. Aytishlaricha, Nabat xonim Xojabey qizi Ashurbeyli-Rzayeva Tazapir masjidini qurishni boshlaganda, uning ukasi Ajdarbey unga yordam bergan. Bunga javoban Nabat xonim "Agar sizda imkoniyat va jasorat bolsa, ozingiz borib masjid qurib bering" degan va yordam olishdan bosh tortgan. Bu holatda Ajdarbey Ashurbeyov 1905-yilda masjid qurishga qaror qildi va hozirgi Moviy masjidning qurilishiga tamal toshini qoydi. Shunday qilib, masjidning qurilishi qiziqarli tasodif edi. Aytishlaricha, masjidning birinchi nomi Ittifoq bolgan. Ajdarbey Ashurbeyov masjidni qurayotganida uning maqsadi bu yerga kelgan shialar va sunniylar hech qanday tosiqsiz birga namoz oqishi edi. Ushbu anana bugun ham saqlanib kelinmoqda. Qizigi shundaki, Moviy masjid hanuzgacha Islomning har ikki mazhabidagi musulmonlar birgalikda namoz oqiydigan yagona joy. Xalq orasida masjid bir necha nom bilan atalishi bejiz emas. Gumbaz rangidan kelib chiqqan holda, bino xalq orasida Moviy masjid deb nomlanadi. Ajdarbey vafotidan keyin uning ismi masjidga berilgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2010-yil 25-mayda Bokudagi Ajdarbey masjidini tiklash boyicha chora-tadbirlar togrisida farmon chiqargan.