ⓘ Hoji Javad masjidi - Ozarbayjon poytaxti Boku shahri, Yasamal tumani, Abdulla Shaiq kochasi, 79-uyda joylashgan mahalliy ahamiyatga ega masjid. ..

                                     

ⓘ Hoji Javad masjidi

Hoji Javad masjidi - Ozarbayjon poytaxti Boku shahri, Yasamal tumani, Abdulla Shaiq kochasi, 79-uyda joylashgan mahalliy ahamiyatga ega masjid.

                                     

1. Tarixi

Mahalliy aholining aytishicha, masjidni qurgan Hoji Javad savdogar bolgan. Masjidning old eshigida uchta tosh yozuvlar oyib yozilgan. Ushbu yozuvlardan biriga kora, hijriy-qamariy taqvimi boyicha masjid qurilgan sana 1305-yil.

Ushbu masjidni qurgandan song, Hoji Javad Eronning Mashhad shahriga yol olgan va u yerda 1902-yilda vafot etgan. Shundan keyin masjidni boshqarish oqsoqol va mahallada hurmatga sazovor bolgan Hoji Abdulhasanbeyga ishonib topshirilgan.

Masjid jamoat ibodat joyidan tashqari, madrasa ham bolgan. Mahalla oqsoqollarining sozlariga kora, Aliaga Vohid boshlangich malumotni ushbu madrasada olgan.

Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida bu ibodat va ilm markazi oz faoliyatini tugatdi. Keyinchalik, madrasa hujralari aholiga yashash uchun berilgan va masjid binosi bolalar bogchasi sifatida ishlatilgan. Keyinchalik, bolalar bogchasi yopildi va masjid bayroq-plakatlar ustaxonasiga aylantirildi.

SSSR qulaganidan song, ozarbayjon xalqi, boshqa millatlar singari, mustaqillikka erishgach, ziyoratgohlar, masjidlar va boshqa muborak qadamjolar odamlarga ochila boshladi. Mahalliy jamoat va oqsoqollarning say-harakatlari bilan ushbu masjid ochilib, qayta tiklandi. Avvalo, masjid nomida xato bor edi. Mahalliy aholining aksariyati masjid asoschisini emas, balki uni boshqargan Hoji Abdulhasanbeyni esladilar. Shuning uchun ham masjid dastlab "Hoji Abdulhasanbey" deb nomlangan. Biroq, Hoji Javadning nabirasi Kubra xonim va uning ogli Seyyid Rasim masjid kim tomonidan qurilganini tarixiy faktlar bilan isbotladilar. Shundan song masjidning nomi Hoji Javad deb ozgartirildi.

Hoji Namig Boboxonov Hoji Javad masjidining ochilganidan va dindorlar foydalanganidan keyin birinchi diniy jamoat raisi bolgan.

Hozirda Azizov Kanan Sarvan ogli boshchiligidagi Hoji Javad masjidi diniy jamoasi faoliyat yuritmoqda.

                                     

1.1. Tarixi Buzilishi

2017-yil aprel oyida masjidning buzilishi kun tartibida bolgan va bu aholining noroziliklariga sabab bolgan.

2017-yil iyun oyida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning topshirigiga binoan Boku shahrining Yasamal tumani, Abdulla Shaiq kochasi, 79-uyda joylashgan Hoji Javad masjidi buzib tashlandi va poydevorni hududdagi yangi manzil - Abbos Mirza Sharifzoda kochasida ornatishga qaror qilindi.

2017-yilda, 30-iyundan 1-iyulga otar kechasi, masjid Yasamal ijroiya hokimiyati tomonidan buzib tashlandi.

Ushbu voqeadan keyin Prezident Ilhom Aliyev gazablanib, Hoji Javad masjidini buzib tashlaganligi uchun Yasamal tumani ijroiya hokimiyati boshligi Ibrohim Mehdiyevni ishdan boshatdi.