ⓘ Central Asians under Russian Rule: A Study in Culture Change - amerikalik antropolog Elizabeth Bacon qalamiga mansub kitob. Kitobda Markaziy Osiyo xalqlari mada ..

                                     

ⓘ Central Asians under Russian Rule

"Central Asians under Russian Rule: A Study in Culture Change" - amerikalik antropolog Elizabeth Bacon qalamiga mansub kitob. Kitobda Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va ularning madaniyatida Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi hukmronligi davrida sodir bolgan ozgarishlar haqida hikoya qilinadi.

Kitob ilk marotaba 1966-yil Cornell universiteti nashriyotida chop etilgan. 1968-yil ayni nashriyotda qayta nashr qilingan. 1980-yil Michael Fischer kop sahifali kirish soz yozgan yangi nashri chop etilgan. Yangi nashr 1982-yil qayta chop etilgan. Asardan 12 fotosurat va 2 xarita, shuningdek, izohlar, bibliografiya va indeks orin olgan. Bacon kitobni turkshunos olim Aleksandr Samoylovichga bagishlagan.

Muallif 1934–1935-oquv yilida Yale universiteti hamda SSSR Fanlar akademiyasi ortasidagi hamkorlik doirasida Sovet Ittifoqida yashagan. Bacon Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqat Qozogiston SSRga borishga muvaffaq bolgan. Bacon kitobni Sovet Ittifoqida boshdan kechirganlari va AQSHga qaytganidan keyin otkazgan chuqur tadqiqotlari asosida yozgan.

"Central Asians under Russian Rule" kitobi Rossiya imperiyasi va SSSR hukmronligi ostida Markaziy Osiyoda sodir bolgan madaniy ozgarishlar mukammal yoritilgan va tahlil qilingan asar olaroq yaxshi kutib olindi. Ammo 1960-yillarda kitobga taqriz yozganlar ham, 1980-yilgi yangi nashrga kirish sozini yozgan Fischer ham Baconni Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va mintaqadagi tarixiy ozgarishlarni yetarlicha chuqur tahlil qilmaslikda hamda murakkab masalalarni oshiqcha soddalashtirgani uchun tanqid qilishdi.