ⓘ Abdukarim Mirzayev - ozbekistonlik jurnalist, kinorejissor va blogger. 2010-yildagi Qirgizistonda bolib otgan voqealarni yoritib bergan Dardga davo istab nomli ..

                                     

ⓘ Abdukarim Mirzayev

Abdukarim Mirzayev - ozbekistonlik jurnalist, kinorejissor va blogger. 2010-yildagi Qirgizistonda bolib otgan voqealarni yoritib bergan "Dardga davo istab" nomli filmi bilan mashhur bolgan. Filmda har ikki xalq ziyolilari vakillari tomonidan mavjud vaziyatdan chiqish yollari, qonli voqealar natijasida yoqolgan azaliy yaxshi qoshnichilik ananalarini tiklash yollari muhokama qilinadi.

                                     

1. Hayoti

Mirzayev Abdukarim Rustamovich 1982-yil 20-fevral Ozbekiston SSRning Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugilgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Talim

  • 1999-2004 – Kamoliddin Behzod nomidagi Ozbekiston milliy rassomlik va dizayn instituti "Sanatshunoslik" fakulteti talabasi.
  • 2018-v.h – Kastamonu unversiteti, ijtimoiy bilimlar instituti jurnalistika bolimi magistranti.
  • 1989-1997 – Surxondaryo viloyati Denov tumani 14-umumtalim maktabi oquvchisi.
  • 1997-1999 – Surxondaryo viloyati Denov shaxri 3-sonli akademik litsey oquvchisi.

Mehnat faoliyati

  • 2003-2017 – Ozbekiston MTRK Yoshlar teleradiokanalining jurnalisti va boshlovchisi.
  • 2003-2005 – "Poytaxt" radiosida jurnalist va radioboshlovchi.
  • 2005-2007 – "Zamin Fm" radiosida jurnalist va radioboshlovchi.
  • 2013-2015 – Diydor oquv-teatr studiyasida oliy toifali oqituvchi bolib faoliyat yuritgan.
                                     

2. Ijodiy faoliyati

Abdukarim Mirzayevning ijodiy faoliyati xilma-xillikni tashkil etadi. U 2003-yildan 2015-yilga qadar bir qancha televizion, radioloyihalarda ishtirok etgan va hujjatli filmlar, hikoyalarni suratga olgan.

                                     

2.1. Ijodiy faoliyati Radioloyihalari

Dilkash radioloyihasi

"Poytaxt" radiosida jonli efirda olib borilgan. Ushbu radioeshittirish 2003-2005-yillar oraligida haftada besh kun, har bir efir uch soat davomida amalga oshirilgan. Radioloyiha jonli efirga muxlislar tomonidan qilingan qongiroqlar, insonlarning ijtimoiy muammolari asosidagi samiymiy dilkash suhbatlar asosida olib borilgan.

Uchinchi odam radioloyihasi

Zamin Fm radiosida jonli efirda olib borilgan. 2005-yilda boshlangan ushbu loyiha haftada ikki marotaba, har bir soni uch soatdan davom etgan. Loyihaning asosiy maqsadi insonlar orasidagi ozaro munosabatlarga, voqeliklarga uchinchi bir odamning munosabatini ifodalagan. Loyiha nomi Ozbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning "uchinchi odam" sheridan olingan bolib, mazmunan ham sherda aytilgani kabi ikki inson, ikki taraf ortasidagi munosabatlar "uchinchi taraf", "uchinchi nigoh" tarafidan qanday talqin qilinmoqda, umuman uchinchi bir taraf bolish va uchinchi tarafning chegaralari qanday bolishi kerak ekanligi talqin qiligan.

Dasxat dasturi

Dasxat dasturi Zamin Fm radiosida jonli efirda amalga oshirilgan navbatdagi radioloyiha bolib, unda jamiyatning "mashxur" bolmagan insonlari bilan kongildan suhbat olib borilgan. Oddiy insonlarning kundalik faoliyatlari, orzu-umidlari, muammolari, iztiroblari, quvonchlariga sherik bola olish, tinglovchilarga "ideal" bolib koringan insonlardan emas, oddiy, hamma qatori insonlardan ham organishimiz, havas qilishimiz, ornak olishimiz va xulosa qilishimiz kerak bolgan taraflar bor ekanligini korsatib berishga harakat qilingan. Dastur songida loyiha nomiga monand har bir dastur mehmonidan dasxat olingan.



                                     

2.2. Ijodiy faoliyati Teleloyihalari

Bugun korsatuvining "Yettinchi qadam" sahifasi

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Ushbu korsatuv adabiy-badiiy, ijtimoiy mavzularda falsafiy fikrlar asosida keng mushohadaga chorlovchi, insonlarning hayotida sodir bolishi mumkin bolgan kichik ammo juda katta ahamyatga ega bolgan holatlar va ularning sabablari haqida bolgan. Korsatuv hayotimizda bolib turadigan voqealarga xulosalar, yondashuvlar, suhbat, sahnalashtirilgan hikoyalar tarzida tayyorlangan.

Hikoya korsatuvi

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Ozbek adabiyotidan turli hikoyalar oqib berilgan.

Hayot soqmoqlari hujjatli filmlar silsilasi.

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Ozbekistonning istiqboliga salmoqli hissa qoshgan adiblar, madaniyat va sanat dargalari, olimlar, akademiklar, siyosatchilar hayotlari haqida hikoya qilingan, suhbatlar amalga oshirilgan.

Yon daftar loyihasi

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Ushbu loyihada ham insonlarni hayot tashvishlaridan biroz tin olib, fikrlashga, atrofdagilar va ozi haqida oylab korishga undaydigan kichik hikoyalar, hayotiy voqelar sozlab berilgan.

Oddiy odamlar loyihasi

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Ushbu loyiha Ozbekistonning turli hududlarida istiqomat qilayotgan bogbon, chopon, hamshira, oqtuvchi va boshqa kasb egalari haqida telekorsatuvlarni oz ichiga olgan.

Yoldagi odam loyihasi

Ushbu korsatuv Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Korsatuv amalga oshirilgan ilk sayyohlik loyihasi bolib, Ozbekistondan tashqaridan suratga olib efirga uzatilgan. Yoldagi odam sayyohlik korsatuvi loyihasi 2018-yil fevral oyidan 2019-yil may oyigacha efirga uzatilgan. Korsatuv davomiyligi 25-35 daqiqa. Korsatuv turli manzillarda, turli shaxarlarda, tarixiy joylarda, ormonlarda, dengizlarda, toglarda suratga tushirilgan. Unda muallif va rejissor Abdukarim Mirzayev turli mavzularda fikr va munosabat bildirgan. Falsafiy-mushohada va bu fikrlarni asoslovchi turli voqealar, hikoyalar sozlangan. Yoldagi odam korsatuvi ijtimoiy, falsafiy, kongilochar loyiha hisoblanadi.

"Odam bolish qiyin" badiiy filmi

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Besh qismdan iborat adabiy-badiiy film.

2013-2015-yillar davomida "Diydor" oquv-teatr studiyasida har haftada ikki marotaba, ikki soat davomiyligidagi "etika va estetika" darslaridan teatr oquvchilari bilan mashgulotlar olib borgan. Ushbu darslar sanat va sanatkor etikasi, inson va sanat, sanat va jamiyat, sanat va zamon, sanatkor va ijtimoiy hayot haqida bolgan. Ushbu yillar davomida "Diydor" oquv-teatri va Yoshlar telekanali hamkorligidagi bir qancha loyihalarni tasvirga olishda rejissorlik qilgan. Shulardan:

  • "Hayrat-ul abror"
  • "Nodirabegim" Nodirabegimga bagishlangan
  • "Xotiram siniqlari" Zulfiya Isroilovaga bagishlangan
Ozbek adabiyoti loyihasi

Ozbekiston MTRK Yoshlar telekanalida efirga uzatilgan. Alisher Navoiy gazallariga bagishlangan 30 qisimdan iborat bolgan korsatuv. Korsatuvning har bir qismida Alisher Navoiyning bir gazali oqilib, manolari tushintirilgan. Ushbu loyiha rejissori va muallifi Abdukarim Mirzayev, badiiy rahbar Bahodir Yoldoshev va bir qator adabiyotshunos olimlar hamkorligida amalga oshirilgan.

                                     

2.3. Ijodiy faoliyati Hujjatli filmlari

  • Immigratsiyami, intigratsiyami?
  • Dardga davo bormi?
  • Sulaymontog etaklarida
  • Adolat istab
  • Iztirob
  • Muhammad Yusuf Ozbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida
  • Fenomen Ozbekistonda xizmat korsatgan sanat arbobi Otanazar Matyoqubov haqida
                                     

2.4. Ijodiy faoliyati Dardga davo istab

Abdukarim Mirzayev 2010-yilgi voqealarga bagishlab bir nechta hujjatli filmlar tasvirga olgan. Dardga davo istab hujjatli filmi 2010-yilda Qirgizistonda bolib otgan Qirgiziston janubidagi tartibsizliklarga bagishlangan filmlardan biridir.



                                     

3. Havolalar

  • Rasmiy Facebook sahifasi
  • Rasmiy Yoldagi odam Youtube kanali
  • Rasmiy Youtube kanali
  • Rasmiy Xizr Abdulkarim Youtube kanali
  • Rasmiy Telegram kanali
  • Rasmiy Twitter sahifasi
  • Rasmiy Instagram kanali