ⓘ Er libosli ayol, toliq nomi Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni - ozbek yozuvchisi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub roman. 2009-yil Toshkent shahrida Dizayn-Pr ..

                                     

ⓘ Er libosli ayol

"Er libosli ayol", toliq nomi "Er libosli ayol, yoxud oriyat isyoni" - ozbek yozuvchisi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub roman. 2009-yil Toshkent shahrida "Dizayn-Print" oquv-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan "Lider-Press" nashriyotida chop etilgan. Asar kiril yozuvida nashr qilingan.

Roman Husniya ismli oddiy bir qishloqlik ayolning taqdiri va boshidan kechirganlari haqida. Asarda shuningdek, Ozbekistonda fermerlik harakatining tarixi, qishloq taraqqiyoti va farovonligi muammolari ham oz ifodasini topgan. Goya mualliflari – Nematjon Hoshimov va Mahfuza Ergasheva.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sultonov - muharrir, Sh. Hoshimov - texnik muharrir, I. Qoziyev - musahhih, A. Kuramshin - dizayner, K. Nazirova - operator, Erkin Xushvaqtov - taqrizchi. Kitob adadi - 2 000 nusxa.

                                     

1. Havolalar

  • "Er libosli ayol" romani Ahmad Fargoniy nomidagi fargona viloyat axborot-kutubxonasi saytida
  • "Er libosli ayol" romani Termiz davlat universiteti saytida