ⓘ Meros. Erk. Qadrim - ozbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar toplami. 1975-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashr ..

                                     

ⓘ Meros. Erk. Qadrim

"Meros. Erk. Qadrim" - ozbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar toplami. 1975-yil Toshkent shahrida Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida chop etilgan. Toplamga Qodirovning "Meros", "Erk", "Qadrim" qissalari kiritilgan. "Qadrim" qissasi 1961-yil, "Erk" qissasi 1968-yil, "Meros" qissasi esa 1974-yilda yozilgan.

"Qadrim", "Erk", "Meros" qissalarida inson shaxsiga ehtirom, erk, ozlik, qadriyat muammolari yoritilgan. Har bir qissaning markazida, asosan, inson turadi. Qissalarda insonni oyga, hayajonga solgan muammolar yoritilgan. Yozuvchi hayotga endi kirib kelayotgan yigit obrazi orqali boshqalarni qaramlikka qarshi kurashishga, qadr-qimmat, ozlik, gururni himoya qilishga hamda mustaqillik uchun kurashishga chaqirgan.

Qissalar haqida asar yozilganidan keyin yigirma yil otib yozuvchining ozi shunday degan: "Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr-qimmatimizni yerga urishini ich-ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik. Lekin buni ochiq aytolmay, "Qadrim", "Erk" kabi qissalarda ichki erkini yoqotgan, mutelik dardiga giriftor bolgan qahramonlar hayotini hamdardlik bilan korsatish orqali ozodlik va mustaqillikka bolgan tashnalikni qondirishga intilardim".