ⓘ Hikmatnoma: Ozbek maqollarining izohli lugati - ozbekcha maqollar va hikmatli sozlarning izohli lugati. Lugatni Shotursun Shomaqsudov va Shuhrat Shorahmedovlar ..

                                     

ⓘ Hikmatnoma: Ozbek maqollarining izohli lugati

"Hikmatnoma: Ozbek maqollarining izohli lugati" - ozbekcha maqollar va hikmatli sozlarning izohli lugati. Lugatni Shotursun Shomaqsudov va Shuhrat Shorahmedovlar tuzgan va nashrga tayyorlagan. Ilk bor 1990-yil Toshkent shahrida Ozbek sovet ensiklopediyasi bosh tahririyatida chop etilgan. 2001-yil Ozbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida "Manolar maxzani" nomi bilan nashr qilingan. Ayni nashr 2018-yil qayta chop etilgan. Uchala nashr ham kirill yozuvida chop etilgan.

Kitobga ozbek xalqining asrlar davomida sayqal topib, shu kungacha yetib kelgan maqol va hikmatli sozlarining tarixan qanday shakllangani hamda ularning batafsil izohi kiritilgan. Toplamga Erkin Vohidov kirish soz yozgan. Toplam yakunida bibliografiya keltirilgan.

Ilk nashrni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Toxliyev - bosh muharrir, D. A. Shorahmedov - bosh muharrir orinbosari, Z. T. Tohirov - muharrir, A. Bahromov - rassom, H. Mehmonov - badiiy muharrir, M. Saidova - texnik muharrir; nashrga masul - ilmiy-metodik ishlar redaksiyasi: M. N. Aminov - mudir, A. Majidov, E. Shermatov - yetakchi muharrirlar, A. Abdurahimov, N. Rozamuhammedova, M. Sharipova - katta ilmiy muharrirlar, B. Abdumalikova, M. Zokirova, X. Nizomova - ilmiy muharrirlar, N. Hamroyeva - bibliograf. Kitob adadi - 150 000 nusxa.

Yangi nashrni Davron Shorahmedov hamda Muradjon Aminov tayyorlagan. Uni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxsalr ishtirok etgan: Alinazar Egamnazarov - maxsus muharrir, Sergey Soin - rassom, Asqar Yoqubjonov - badiiy muharrir, Zulfiya Gulomova - musahhih, Andrey Bilyak - komputerda sahifalovchi, Xurshida Abduqaymova - kompyuterda matn teruvchi. Kitob adadi - 5 000 nusxa.