ⓘ Dunyoning ishlari - Ozbekiston xalq yozuvchisi Otkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan ..

                                     

ⓘ Dunyoning ishlari

"Dunyoning ishlari" - Ozbekiston xalq yozuvchisi Otkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham kop bora qayta nashr etildi.

Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq kochasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.

Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi sozlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu - Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan!"

Otkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida shunday tariflagan: Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam - onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oz kozim bilan korganman. Faqat bazilarining ismi ozgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga boglangan.

Ozbekiston xalq yozuvchisi Otkir Hoshimov 20-asr ozbek adabiyotida oz orni va uslubiga ega bolgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.

Otkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari kopgina xorijiy tillarga tarjima qilingan.

                                     

1. Asar haqida

Jonli va hayotiy tasvirlar, ozbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar ortasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygunlashtirib tasvirlangan. Otkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.

Ozbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan: "Dunyoning ishlari" asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoshiqday oqiladi. Uni oqib turib, oz onalarimizni oylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bolmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koz oldimizda kondalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".