ⓘ Aforizmlar, Navoiy, 1961. Aforizmlar - Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli sozlar toplami. Toplamni Yu. Eshonqulov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Asar 1 ..

                                     

ⓘ Aforizmlar (Navoiy) (1961)

"Aforizmlar" - Alisher Navoiy asarlaridan olingan hikmatli sozlar toplami. Toplamni Yu. Eshonqulov tuzgan va nashrga tayyorlagan. Asar 1961-yil Toshkent shahrida "Orta va oliy maktab nashriyoti" da chop etilgan.

"Aforizmlar" Navoiy asarlaridan olingan hikmatli sozlar toplami birinchi marta 1941-yil Solih Mutallibov tomonidan chop etilgan. "Aforizmlar" ikkinchi marta Hodi Zarif tomonidan nashr qilingan. Ushbu toplam bungacha nashr qilingan toplamlar asosida tuzilgan. Toplamning bundan oldin nashr qilingan toplamlardan farqi shundaki, toplamda hikmatli sozlar kirill alifbosi tartibida berilgan. Har bir sahifada uchragan tushunarsiz sozlar raqamlanib, izohi osha sahifa oxirida keltirilgan.

Toplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Sobirova - muharrir, H. Ahmatjonov - badiiy maharrir, S. Axtamova - texnik muharrir, N. Rixsiyeva - musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.