ⓘ Scarlet Witch Marvel Comics nashriyoti tomonidan nashr etilgan hamda Amerika komikslarida paydo bolgan xayoliy superqahramondir. Personajni yozuvchi Stan Lee va ..

                                     

ⓘ Scarlet Witch

Scarlet Witch) Marvel Comics nashriyoti tomonidan nashr etilgan hamda Amerika komikslarida paydo bolgan xayoliy superqahramondir. Personajni yozuvchi Stan Lee va rassom Jack Kirby yaratishgan. Bu personaj ilk marotaba Komikslar kumush asrida, The X-Men #4 komiksida uchraydi. Ushbu qahramon dastlab egizak ukasi Quicksilver bilan birga Brotherhood of Mutants ning asoschisi sanalmish superyovuz sifatida tasvirlangan. Scarlet Witch haqiqatni nomalum tarzda ozgartirish qobiliyatiga ega bolgan kuchli sehrgardir. Scarlet Witch personaji keyinchalik Qasoskorlar superqahramonlar jamoasining doimiy azosi sifatida aks etgan. Bundan tashqari, u boshqa superqahramon va jamoadoshi - Visionning rafiqasi bolib, ularning Thomas va William ismli ikki farzandi mavjuddir.

Wanda Maximoff/Scarlet Witch personajini Qasoskorlar: Ultron davri 2015, Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi 2016, Qasoskorlar: Abadiyat jangi 2018 va Qasoskorlar: Intiho 2019 kabilarni oz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel Kinematografiya Koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan WandaVision mini-serialida Elizabeth Olsen jonlantirgan.

                                     

1. Bibliografiya

  • W. Wright, Bradford 2001. Comic Book Nation: The Transformation of Youth Culture in America. AQSh: The Johns Hopkins University Press. ISBN 0-8018-6514-X. December 29, 2014 da qaraldi.
  • Eury, Michael 2017. Hero-A-Go-Go: Campy Comic Books, Crimefighters, & Culture of the Swinging Sixties. AQSh: TwoMorrows Publishing. ISBN 978-1-60549-073-1.
  • Zimmerman, David 2004. Comic Book Character: Unleashing the Hero in Us All. AQSh: Inter Varsity Press. ISBN 0-8308-3260-2.