ⓘ Urgut markaziy jome masjidi - Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha mahallasida 2011-2020-yillar davomida qurib bitkazilgan jome masjidi. Masjid Urgut-Qorat ..

                                     

ⓘ Urgut markaziy jome masjidi

Urgut markaziy jome masjidi - Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha mahallasida 2011-2020-yillar davomida qurib bitkazilgan jome masjidi. Masjid Urgut-Qoratepa avtomobil yoli yoqasida joylashgan. 2021-yil 13-mart kunidan boshlab foydalanishga topshirilidi.

Masjid umumiy 1.06 gektar maydonda bunyod etilgan. U ikki qavatdan iborat bolib, qariyb 10 mingga yaqin namozxonni sigdira oladi. Masjid xonaqohi 55x45 metr olchamda qurilgan bolib, xonaqohning ikki chetida 18x45 metr olchamda ayvon tushirilgan. Masjid xonaqohi ortasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid chetida joylashgan tortta minoraning old tarafdagi ikkitasi 43 metrdan, orqa tarafdagi ikkitasi 40 metrdan qilib qurilgan. Masjid binosining ichi ananaviy naqshlar bilan bezatilgan.

Masjidda zamonaviy tahoratxona va masjid xodimlari uchun ikki qavatli mamuriy bino qurilgan. Bugungi kunda Urgut markaziy jome masjidi Samarqand viloyatidagi eng yirik masjid hisoblanadi.