ⓘ Behzod Musayev. Behzod Anvarovich Musayev - ozbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2020-yil 14-maydan boshlab Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimo ..

                                     

ⓘ Behzod Musayev

Behzod Anvarovich Musayev - ozbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi, 2020-yil 14-maydan boshlab Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish boyicha orinbosari. 2018-yil maydan 2020-yil maygacha Ozbekiston Davlat soliq qomitasi raisi lavozimida faoliyat yurutgan.

                                     

1. Biografiya

Behzod Musayev 1973-yil Toshkent shahrida tugilgan. Millati - ozbek.1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boyicha tamomlagan. 2004-yilda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini biznes menejmenti mutaxassisligi boyicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1995-yilda Ozbekiston Milliy bankida boshlagan. 1998-yildan 2002-yilgacha Moliya vazirligida ish olib borgan va bolim boshligidan bosh bolim boshligigacha kotarilgan. Moliya vazirligida Behzod Musayev davlatning qimmatli qogozlar bozorini, songra ilmiy va ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirdi.

2002-yilda Hisob palatasiga ishga otdi. 2006-yildan 2010-yilgacha Hisob palatasining raisi sifatida faoliyat olib borgan.

2010-yilda Ozbekiston Davlat soliq qomitasida ish boshlagan. 2010-yildan 2011-yilgacha Davlat soliq qomitasi raisining birinchi orinbosari bolib ishlagan, 2018 yil mart oyida esa ushbu lavozimga qayta tayinlangan. Keyinchalik 2018yilning may oyidan boshlab Davlat soliq qomitasi rahbari lavozimini egallagan.

2020-yil 14-mayda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish boyicha orinbosari etib tayinlandi.

28-avgust 2020-yil Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.